Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qarori bilan bog‘cha tarbiyachilarining oyligi oshiriladi

Prezident qarori bilan bog‘cha tarbiyachilarining oyligi oshiriladi

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 28-fevral kuni «Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq to‘lashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra, davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari ayrim toifalarining:

a) 2018-yil 1-martdan boshlab — mudirlar, tarbiyachilar, metodistlar, o‘qituvchilar, defektologlar, psixologlar, musiqa rahbarlari va tarbiyachining yordamchilari mehnatida haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini — 30 foizga;

b) 2018-yil 1-sentabrdan boshlab:

— tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilari, oliy ma’lumotli o‘qituvchilar, defektologlar, psixologlar mehnatida haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini, ularning bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinflari o‘qituvchilarining bazaviy tarif stavkalari miqdorlariga tenglashtirgan holda — 30 foizga;

— oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar pedagogik ma’lumotli tarbiyachining o‘rinbosarlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini — 20 foizga;

— maktabgacha ta’lim muassasalari mudirlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini — 10 foizga tabaqalashtirib oshiriladi.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabog‘ va G‘uzor tumanlarida, Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorako‘l, Peshku va Romitan tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqo‘rg‘on, Uzun, Sariosiyo tumanlarida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar saqlangani uchun amaldagi ota-onalar to‘lovi miqdori 2023-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda ikki baravar pasaytirildi.

2018-yil 1-martdan boshlab davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyachining yordamchisi mehnatiga haq to‘lash tartibi bazaviy tarif stavkalaridan kelib chiqib joriy etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring