Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident yangi qaror qabul qildi

Prezident yangi qaror qabul qildi

Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’muriyatchiligini takomillashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.

Tadbirkorlarning muammo va masalalarini bevosita o‘rganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish bo‘yicha 2021-yil 20-avgust kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda, insofli soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishlari uchun yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:

2021-yil 1-oktyabrdan boshlab eksport qilinadigan tovarlar uchun ishlatilgan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan (to‘langan) qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini soliq to‘lovchining O‘zbekiston Respublikasidagi bank hisobvarag‘iga chet el valyutasi tushumi kelib tushishidan qat’i nazar hicobga olish tartibi o‘rnatildi.

Mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan imkoniyat oxirgi bir yil davomida valyuta tushumlarini o‘z vaqtida ta’minlab kelayotgan va eksport shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi bo‘lmagan – intizomli soliq to‘lovchilarga tatbiq etiladi;

tovarlar «eksport» bojxona rejimi ostida chiqarilgan kundan e’tiboran 180 kalendar kuni ichida valyuta tushumi yoki uning bir qismi eksport qiluvchining O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi hisobvarag‘iga kelib tushmagan taqdirda, qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisobga olingan summasi yoki uning tegishli qismi belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.

2022-yil 1-yanvardan boshlab:

qo‘shilgan qiymat solig‘ining salbiy summasini qoplash (qaytarish) uchun soliq organlariga ariza bilan alohida murojaat qilish haqidagi majburiy talab bekor qilinadi;

soliq to‘lovchiga tegishli soliq davri uchun soliq hisobotini topshirishda, soliq organlarini xabardor etgan holda qo‘shilgan qiymat solig‘i salbiy summasini qoplash (qaytarish) talabini bildirish huquqi beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring