Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi, O‘zbekiston bo‘ylab suv toshqinlari, «Malibu-2» mojarosi va boshqa xabarlar

Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi, O‘zbekiston bo‘ylab suv toshqinlari, «Malibu-2» mojarosi va boshqa xabarlar

Foto:«Xabar.uz»

24-aprel kuni turli qiziqarli voqealar va ma’lumotlarga boy bo‘lmoqda. «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali ushbu kunda O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tadi. Shuningdek, e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting.

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Pekinga yetib bordi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Pekinga yetib bordi.

Birinchi «Bir makon, bir yo‘l» xalqaro forumi 2017-yilda o‘tkazilgan, unda ham davlatimiz rahbari qatnashgan edi. Bu galgi sammitda 40 dan ziyod mamlakat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Hodisa

Payariqda kuchli sel maktab o‘quvchilari qatnaydigan yo‘lda katta jarlik hosil qilmoqda (video)

Samarqand viloyati Payariq tumani 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Elyor Jabborovning xabariga ko‘ra, Ko‘lto‘sin mahallasi O‘rtato‘sin qishlog‘ida bugun kelayotgan katta suv toshqini oqibatida maktab o‘quvchilari qatnaydigan yo‘l katta jarlikka aylanmoqda.

Poytaxt ko‘chalarini yana suv bosdi, Toshkent viloyatida esa do‘l yog‘di (foto+video)

«Dinamo» stadioni haqida: «Samarqand suzish havzasiga marhamat»

Samarqandda yoqqan kuchli jala oqibatida ko‘chalar va maydonlarni suv bosdi. Xususan, shaharda joylashgan «Dinamo» stadioni ham suv ostida qoldi.

«Vaqf». «Malibu mojarosi»ga oydinlik kiritildimi?

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi raisi uchun qimmatbaho «Malibu-2» xizmat mashinasi xarid qilinishi bilan bog‘liq shov-shuvlarkechadan buyon tingani yo‘q. Masalaga izoh berishi lozim bo‘lgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi (O‘MI) sukutni ravo ko‘rdi, fond rahbari birinchi o‘rinbosarining vaziyatga oydinlik kiritishga qilgan harakati esa navbatdagi muhokamalarga sabab bo‘ldi, xolos. Ya’niki, aytilishicha, fond uchun «Malibu-2» sotib olingani rost, illo ulov xayr-ehson pullariga emas, O‘zbekiston musulmonlari idorasi ajratgan mablag‘ hisobiga xarid qilingan.

Shuningdek o‘qishni tavsiya qilamiz

«Cho‘ntak advokatlari»: sirlar fosh bo‘lmoqda, qiyofalar ochilmoqda...

«Love Story»ga minglab dollar sarflashga tayyormiz, ammo bolalarning ilm olishiga...

Kim Chen In Rossiyaga yetib keldi va rus nonini tatib ko‘rishdan bosh tortdi

Ob-havo ma’lumoti: Ertaga qanday ob-havo kutilmoqda?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring