Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura xodimlari Buxoroda paxtaga qo‘shib yozganlarni ushladi

Prokuratura xodimlari Buxoroda paxtaga qo‘shib yozganlarni ushladi

Bosh prokuratura departamenti Romitan tuman bo‘limi xodimlari Buxoro viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazishdi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Shofirkon tumanidagi «A» fermer xo‘jaligi traktor haydovchisi T.Q. fermer xo‘jaligi mansabdor shaxslari bilan oldindan til biriktirib, tirkama og‘irligini sun’iy ravishda oshirib, haqiqatda topshirilmagan 1,6 mln. so‘mlik 460 kg. paxtaning ortiqcha hisoblab yozilishiga erishgan.

Shuningdek, tadbirda «A» fermer xo‘jaligi mansabdor shaxslari tirkama og‘irligini sun’iy ravishda oshirish yo‘li bilan 2018-yilgi paxta hosilidan aslida topshirilmagan jami 21,4 mln. so‘mlik 4236 kg. paxta xomashyosini «Shofirkon paxta tozalash» AJ balansiga noqonuniy o‘tkazgan.

Mazkur holatlar yuzasidan «A» fermer xo‘jaligi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring