Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda qo‘lga olingan AQSh fuqarosi Zokir Aliyev ozod qilingan

Qashqadaryoda qo‘lga olingan AQSh fuqarosi Zokir Aliyev ozod qilingan

Foto: «twitter.com/Navbahor»

Bir necha kun oldin terrorizmga aloqador ayblovlar bilan gumonlanib Qashqadaryo viloyatida hibsga olingan AQSh fuqarosi Zokir Aliyev ozod etilgan. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib «Gazeta.uz» xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, u yaqinlari uyiga qo‘yib yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Zokir Aliyev uchun Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi yaqinlari taklifnoma bergan, OVIR tasdiqlagan va Tashqi ishlar vazirligi viza ruxsati chiqargan. U O‘zbekistonga kelib, yaqinlari bilan ko‘rishgandan keyin bir soat o‘tib Qarshi shahridan kelgan militsiya xodimlari uni olib ketishgani haqida internet nashrlarda xabarlar tarqaldi. So‘ng, «Xabar.uz» portalining so‘roviga javoban Qashqadaryo viloyati IIB amerikalik tadbirkor hibsga olinganini rad etdi. Ammo shu kunning o‘zida Zokir Aliyev O‘zbekiston davlat xavfsizlik xizmati tomonidan qo‘lga olingani haqida rasmiy ma’lumot berildi.

Asli o‘zbekistonlik AQSh fuqarosining ozod etilishi tafsilotlari haqida hali rasmiy xabar berilgani yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring