Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryoda Yoshlar turizmi qurultoyi yakuniga yetdi (foto)

Qashqadaryoda Yoshlar turizmi qurultoyi yakuniga yetdi (foto)

Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanida Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi hamkorligida tashkillashtirilgan Yoshlar turizmi qurultoyi o‘z nihoyasiga yetdi.

8 avgust kuni boshlangan qurultoy doirasida bir qator o‘yinlar, kitobxonlik, mahorat darslari, milliy va etnosport turlari bo‘yicha sport musobaqalari, madaniy ko‘ngilochar tadbirlar, uchrashuvlar, gala-konsert va boshqa tadbirlar o‘tkazildi. Yakunda g‘olib jamoalar aniqlandi.

Xususan, «Eng yaxshi turizm loyihasi» tanlovida samarqandlik Mehroj Isayev birinchi o‘ringa loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, xorazmlik Charos Fozilova ikkinchi o‘rinni, qashqadaryolik Azima Murodova esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, «Qadriyat, urf-odat» tanlovida Xorazm viloyati 1-o‘rinni, Farg‘ona viloyati 2-o‘rinni, Namangan viloyati esa 3-o‘rinni;

«Eng namunali guruh» tanlovida Qoraqalpog‘iston Respublikasi 1-o‘rinni, Navoiy viloyati 2-o‘rinni, Buxoro viloyati esa 3-o‘rinni;

«Zakovat» bellashuvida Qoraqalpog‘iston 1-o‘rinni, Qashqadaryo viloyati 2-o‘rinni, Farg‘ona viloyati esa 3-o‘rinni;

«Turizm spartakiadasi»da Surxondaryo viloyati 1-o‘rinni, Qashqadaryo viloyati 2-o‘rinni, Qoraqalpog‘iston 3-o‘rinni;

«Turizm-kvest» o‘yinida Surxondaryo 1-o‘rinni, Toshkent shahri 2-o‘rinni, Buxoro viloyati esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘oliblarga sovrinlarni Turizm va madaniy meros vazirligi Ommaviy tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Zarrina Abdullayeva, Qashqadaryo viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Alisher Zokirov, Shahrisabz tumani hokimi Samad Hasanov, Shahrisabz shahar hokimi Akrom Sulaymonov va jurnalist, bloger Amirxon Umarovlar topshirdi. Shuningdek, boshqa viloyatlar ham har bir yo‘nalish bo‘yicha faol ishtirok uchun rag‘batlantirildi.

Qayd etish joizki, qurultoyda chet davlatlardan tashrif buyurgan yoshlar ham o‘z iqtidorlarini namoyish qilib, g‘oliblar qatoridan joy olishdi.

Ta’kidlash kerakki, Yoshlar turizmi qurultoyi ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Mazkur qurultoy Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondan tashrif buyurgan yoshlar uchun yangi tanishuvlar, o‘zaro tajriba almashish imkonini yaratdi. O‘zaro bellashuvlar esa yoshlar o‘rtasidagi do‘stlikni yanada mustahkamladi. Yoshlar qurultoyi umidli, iqtidorli yoshlar uchun chinakam imkoniyatlar maydoniga aylandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring