Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Norasmiy ishlayotgan 9145 nafar xodim soliq organlari tomonidan rasmiy ishga joylashtirildi

Norasmiy ishlayotgan 9145 nafar xodim soliq organlari tomonidan rasmiy ishga joylashtirildi

Foto:«Xabar.uz»

Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq organlari xodimlari tomonidan 2019-yil davomida norasmiy ishlayotgan 27 ming 253 ming nafar xodim rasmiylashtirilishi reja qilingan edi. Jumladan, yil boshidan respublika bo‘yicha 2828 ta korxonada norasmiy ishlovchi 9 145 nafar xodim rasmiylashtirilishiga erishildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘’basi xabar berdi. 

Ushbu raqamni sohalar kesimida olib qaraydigan bo‘lsak:

-364 ta savdo va umumiy ovqatlanish korxonarida1041 nafar;

-1 293 ta ishlab chiqarish va hizmat ko‘rsatish korxonalarida 4 523 nafar;

- 222 ta qurilish korxonalarida 1 528 nafar;

- 949 ta qishloq ho‘jaligi soxasida 2 053 nafar xodim rasmiylashtirildi.

Davlat soliq organlari xodimlari tomonidan joylarda konvert usulida ishlovchi norasmiy xodimlarni rasmiylashtirish yuzasidan ishlar davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring