Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qo‘yliq»dagi ko‘prikdan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan ayolni qutqarib qolgan askar hafta qahramoni bo‘ldi

«Qo‘yliq»dagi ko‘prikdan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan ayolni qutqarib qolgan askar hafta qahramoni bo‘ldi

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Xizmat burchini bajarish vaqtida fidoyilik ko‘rsatgan, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashdek mas’uliyatli vazifalarni vijdonan bajargan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisi oddiy askar Adham Ozodov hafta qahramonidir, deyiladi Milliy gvardiya matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun muqaddam Adham Ozodov Toshkent shahri «Qo‘yliq» dehqon bozori yonidagi ko‘prik ustidan o‘zini tashlab joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan ayolning hayotini saqlab qolgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring