Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonlik bloger O‘zbekiston ichki ishlar xodimi haqida post yozdi

Qozog‘istonlik bloger O‘zbekiston ichki ishlar xodimi haqida post yozdi

Foto: facebook.com/Alisher Yelikbayev

Qozog‘istonlik bloger Alisher Yelikbayev «Facebook»dagi sahifasida O‘zbekiston ichki ishlar xodimi haqida post qoldirdi. Bu haqda «Davletovuz» kanali ma’lum qildi.

«Olmaota va Ostonada politsiya poytaxtning nomi o‘zgartirilishiga qarshi, norozi bo‘lganlarni ayovsiz qo‘lga olayotgan bir paytda, buxorolik politsiya xodimi Rustam bizga Minorai Kalon tarixi, qurilishi haqida so‘zlab berdi, mashhur Buxoro oshini qayerda yeyish, kechki payt qayerlarga borish mumkinligini aytdi. Aslida bizni turmush o‘rtog‘imiz bilan suratga tushirib qo‘yishni taklif qilganimdan so‘ng u bilan tanishib qoldik. Ha, ha, men sizlarga yangi O‘zbekiston haqida gapirib berayapman...», deb yozgan taniqli bloger.

Malik Karimovning bildirishicha, Alisher Yelikbayev piar bo‘yicha ekspert, Qozog‘istonning eng taniqli blogerlaridan va jamoatchilik fikriga ta’sir ko‘rsatadigan vakillaridan biri bo‘lib, shu kunlarda Navro‘z bahona O‘zbekistonda sayohat qilmoqda. Uning Buxoroda bo‘lib, O‘zbekiston ichki ishlar organlari xodimlarining yangi qiyofasi haqida shunday post qoldirishi O‘zbekiston turizmi uchun eng yaxshi piar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring