Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rahmatulloh qori Sayfuddinov: «Shayx hazratlari xalqimizning suyukli farzandi edi»

Rahmatulloh qori Sayfuddinov: «Shayx hazratlari xalqimizning suyukli farzandi edi»

Foto: «Xabar.uz»

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti o‘qituvchisi, Mirza-Yusuf jome’ masjidi imom xatibi, shayxning shogirdi Rahmatulloh qori Sayfuddinov Prezident Shavkat Mirziyoyevning Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf haqidagi so‘zlariga quyidagicha fikr bildirdi:

— Hozirgi vaqtda davlatimiz rahbari olib borayotgan siyosatning asosiy maqsadi, birinchi o‘rinda, xalqning ta’limi, ilmini oshirib, bir vaqtlar dunyoga ustoz bo‘lgan bu xalqni o‘sha darajaga qaytarish. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari xalqimizning suyukli farzandi edi. Bu xalq uchun jon kuydirgan, xalqning ta’limiga, ma’rifatiga asosiy e’tiborini, umrini to‘laligicha sarflagan bir fidoiy inson edi.

Haqiqatan ham, kechadan beri butun dunyo musulmonlari tomonidan tabriklar qabul qilyapmiz. Hazratning boshqa yurtlardagi shogirdlari xursand bo‘lib, davlatimizni qo‘llab-quvvatlab, Prezidentimizning bu qarorlarini olqishlab, bizga o‘z xursandchiliklarini izhor qilyaptilar. Butun dunyodan ana shunday tabriklarni qabul qilyapmiz.

Davlatimiz rahbari «Agar shayx hazratlari hayot bo‘lganida yurtimizdagi o‘zgarishlarni dunyoga jar solib yetkazardi», dedi. Mana shu gapdan biz — hazratning shogirdlari nima qilishimiz kerakligini anglab oldik. Demak, hazratning nomidan shu ishni bajarishimiz lozim.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf haqidagi fikrlarini e’tiboringizga havola qilgan edik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring