Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Respublika yosh kimyogarlar forumi» o‘tkaziladi va «O‘zkimyosanoat» stipendiyasi» ta’sis etiladi

«Respublika yosh kimyogarlar forumi» o‘tkaziladi va «O‘zkimyosanoat» stipendiyasi» ta’sis etiladi

«O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Boshqaruv raisining tizimdagi korxona va tashkilotlarning yoshlar yetakchilari bilan uchrashuvi tashkil etildi. Videokonferensaloqa orqali o‘tkazilgan uchrashuvda «O‘zkimyosanoat» AJ tizimidagi korxona va tashkilotlar yoshlar yetakchilari, korxona rahbar-xodimlari va faol yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar muhokama qilindi va yoshlar yetakchilarining takliflari tinglandi. Mamlakatimiz kimyo sanoati va tizimdagi korxonalar faoliyatini yanada rivojlantirish borasida yoshlar yetakchilari tomonidan bildirilgan takliflar qo‘llab-quvvatlandi.

Xususan, yoshlar tomonidan D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universiteti Toshkent shahridagi filialida Toshkent shahri va respublika oliy o‘quv yurtlari, o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining kimyo sohasi bo‘yicha talaba va mutaxassislari, kimyo va biologiyaga ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilarini jalb qilgan holda «Respublika yosh kimyogarlar forumi»ni tashkil etish va tizim korxonalarida faoliyat yuritayotgan, talabalikka qabul qilingan salohiyatli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va tizim uchun kadrlar zaxirasini yaratish maqsadida «O‘zkimyosanoat» stipendiyasi»ni ta’sis etish bo‘yicha berilgan takliflar qo‘llab-quvvatlandi. «Respublika yosh kimyogarlar forumi»ni tashkil etish va «O‘zkimyosanoat» stipendiyasi»ni ta’sis etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

«Respublika yosh kimyogarlar forumi» har yil may oyining so‘nggi yakshanba kuni keng nishonlanadigan «Kimyogarlar kuni» kasb bayrami arafasida tashkil etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring