Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada kampirni qutqaraman deb yong‘in ichida qolgan samarqandlik yigit reanimatsiyada yotibdi

Rossiyada kampirni qutqaraman deb yong‘in ichida qolgan samarqandlik yigit reanimatsiyada yotibdi

Foto: «Sputnik»

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali bir ayolning shifoxonada og‘ir ahvolda yotgan ukasi haqida so‘zlab bergan videoroliklari tarqaldi. Ayni damda u ayol  ukasini qutqarish uchun Rossiyaga kelgan.

Uning aytishicha, jabrlangan Nuriddin Qirg‘izovning asli kelib chiqishi Samarqanddan bo‘lib, Moskva viloyatining Pushkin tumanida, Sofrino qishlog‘i yaqinida ishlagan.

Nuriddin kechga yaqin ko‘chaga chiqqan va yong‘in ichida qolgan uyni ko‘rgan. Uy ichida esa keksa ayol bo‘lgan. Uni qutqarish uchun Nuriddin ichkariga kirgan.

Hozirda yigit Pushkin shahridagi shifoxonaning reanimatsion bo‘limida shifokorlar nazoratida yotibdi. U sun’iy ventilyasiya (shamollatish) sababligina tirik. Bu ahvolda uni O‘zbekistonga olib ketish juda xavfli.

Moskvadagi kuyish markazining mutaxassislari yigitni davolash uchun 2 million rubl kerakligini aytishmoqda. Hozir uning opasi mazkur mablag‘ni topish uchun yordam so‘rab qator xayriya tashkilotlariga murojaat qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring