Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqand va Buxoro shaharlaridan Dushanbega samolyot qatnashi kutilmoqda

Samarqand va Buxoro shaharlaridan Dushanbega samolyot qatnashi kutilmoqda

Foto: «Vatandosh.uz»

Kelgusida Tojikiston Respublikasi poytaxti — Dushanbe shahridan Samarqand va Buxoro shaharlariga havo qatnovlari qo‘yilishi mumkin. Bu haqda Tojikistonning «Xovar» axborot agentligi mamlakat transport vazirligi manbalariga tayanib xabar bermoqda.

— Parvozlar «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Bu masalada tegishli hujjatlar tayyorlanib, O‘zbekiston tomonga yuborilgan, — deya xabar beradi manba.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasining samolyotlari har haftaning seshanba kunlari «Toshkent — Dushanbe — Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring