Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasiga yangi boshliq tayinlandi

Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasiga yangi boshliq tayinlandi

Foto: DSQ matbuot xizmati

Namozov Nodir Bahrillayevich Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar berdi.

N.Namozov 1978-yilda Samarqand viloyatining Urgut tumanida tug‘ilgan. 1997-yilda Samarqand moliya kollejini, 2005-yilda Toshkent moliya institutini, 2009-yilda O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha moliyachi, soliqlar va soliqqa tortish, siyosatshunoslik mutaxassisliklariga ega.

U soliq tizimidagi mehnat faoliyatini Samarqand viloyati Urgut tumani davlat soliq inspeksiyasi kompyuter guruhi davlat soliq inspektori lavozimidan boshlab, yangi lavozimga tayinlangunga qadar Samarqand viloyati Urgut tumani hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring