Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbirlar o‘tkazildi (foto)

Samarqandda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbirlar o‘tkazildi (foto)

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Samarqand shahrida joylashgan Sog‘liqni tiklash shifoxonasi bog‘ida tantanali bayram tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi  matbuot xizmati xabar berdi. 

Bayram marosimida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Oybek Saidov, viloyat davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, va albatta, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari ishtirok etdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

So‘zga chiqqanlar urush qatnashchilari va nogironlarining har biriga hukumatimiz tomonidan yuksak darajada e’tibor qaratilayotgani, ularni tibbiy va ijtimoiy ximoyalash maqsadida tegishli xodimlar biriktirilib, doimiy patronaj xizmatlari ko‘rsatilayotgani, mamlakatimizdagi sanatoriylarga bepul yo‘llanmalar ajratilayotgani ta’kidlandi. Yolg‘iz va kam ta’minlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining turar joylari va uy xo‘jaliklari ta’mirlanib, obodonlashtirilayotgani esa alohida tahsinga loyiq.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Bayram tadbirida yurtimizning taniqli san’atkorlari tomonidan ijro etilgan sahna ko‘rinishlari, O‘zbekiston xalq artistlari tomonidan kuylangan qo‘shiqlar yig‘ilganlar olqishiga sazovor bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring