Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqanddagi avtomobil bozori ko‘chiriladi

Samarqanddagi avtomobil bozori ko‘chiriladi

Foto: «Zarafshon» gazetasi

O‘zbekiston Prezidentining 17-18-mart kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlari va Pastdarg‘om tumanida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlis bayonida ushbu topshiriqni bergan edi.

Samarqand tumanidagi «Maroqand» dehqon bozorining filiali bo‘lgan avtomobil bozori boshqa joyga ko‘chirilgan holda uning hududi baliqchilik xo‘jaligi innovatsion ilmiy o‘quv markazi, baliqchilik laboratoriyasi, maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi, mehmonxona va ko‘p qavatli turar-joylar barpo etish uchun «Oq amur baliqlari» fermer xo‘jaligiga ajratib beriladi.

«Zarafshon» gazetasining tuman arxitektura va qurilish bo‘limi ma’lumotlariga asoslanib bergan xabariga ko‘ra, hozirda avtomobil bozori uchun tuman hududidan joy tanlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring