Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandlik qahramon Rossiya medaliga munosib ko‘rildi

Samarqandlik qahramon Rossiya medaliga munosib ko‘rildi

Foto: FVV

Joriy yilning 31-yanvar kuni Moskva viloyati Sofrino qishlog‘ida yuz bergan yong‘inda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani, Chorvador qishlog‘ida tug‘ilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Nuriddin Qirg‘izov uy yonayotganini ko‘rib, darhol u yerda qolib ketgan qariyani qutqarishga shoshilgani va natijada og‘ir kuyish jarohati olgani haqida xabar bergan edik.

Yong‘in vaqtida jasorat va fidokorlik ko‘rsatgani uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi N.Qirg‘izov Rossiya Federatsiyasi Yong‘inga qarshi kurashish ko‘ngillilar jamiyatining «Knyaz Aleksandr Lvov» nomli medali hamda Pushkin shahar okrugi boshlig‘idan diplom berilgan, shuningdek, Pushkin yong‘in-qutqaruv garnizoni boshlig‘i tomonidan minnatdorlik e’lon qilingan.

Mukofotlar N.Qirg‘izovga Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, viloyat sog‘liqni saqlash va xokimiyat xodimlari tomonidan topshirdi.

Hozirgi vaqtda N.Qirg‘izovga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand viloyati filialida malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring