Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandliklar Mo‘ynoqda 80 ming gektar yerga saksovul urug‘ini ekdi

Samarqandliklar Mo‘ynoqda 80 ming gektar yerga saksovul urug‘ini ekdi

Foto: «Uza.uz»

Samarqandliklar rejadagi ellik ming gektar o‘rniga 80 ming gektardan ziyod sahro maydonlariga saksovul ekish ishlarini amalga oshirishdi, deb xabar bermoqda «Zarnews».

Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida Orol fojiasi zararini kamaytirish hamda mintaqada ekologik ahvolni yaxshilash bo‘yicha viloyat shtabidan olingan ma’lumotlarda bu haqda so‘z boradi.

Qayd etilishicha, bugungacha Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar, o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari hamda «Agroservis MTP» mas’uliyati cheklangan jamiyatining 100 nafarga yaqin qishloq xo‘jaligi xodimlari, o‘rmonchilar, seleksioner, mexanizator va harbiy xizmatchilari 50 ga yaqin texnikalar yordamida rejadagi ellik ming gektar o‘rniga 80 ming gektardan ziyod sahro maydonlariga saksovul ekish ishlarini amalga oshirishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring