Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abror Zohidov

Kelajakka umid qilish yaxshi, ammo ayni dam ham go‘zal ekanligiga shukr qilish undanda yaxshi.

Samodan zulmatda ko‘ringan yurtim...

Samodan zulmatda ko‘ringan yurtim...

Yer sharining tunda koinotdan ko‘rinishi. Qorayib turgan joylarda elektr energiyasi yo‘q.

Chiroq yo‘qligi, gaz yo‘qligi... Bu masalalar qanchalik dolzarb bo‘lsa, shunchalik jonga tegdi ham. Albatta, yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib muammoni yoritgan durust. Ammo bu bilan tomoqni bo‘g‘ib, xo‘rlik hissini alangalayotgan o‘sha muammo hal bo‘la qolmasa-chi?

Mavzudan keskin chetlashamiz – bir millatning ikki davlatiga aylanib olgan Koreya yarimorolidagi vaziyatdan hamma xabardor. Ikkisi ham koreys, ikkisi ham o‘zini demokratik va xalqparvar davlat sanaydi. Bu borada biri hatto raqibidan ham o‘zib ketgan – o‘zini Koreya Xalq Demokratik (!) Respublikasi deya ulug‘laydi. Mayli, gap nomda emas. Demokratiyaning hidi ham kelmasa-da, jar solaverish mumkin, davlat amalda diktaturani ifodalovchi sultonlik deb atalsa ham fuqaro emin-erkin va farovon yashashi mumkin.

Bu ikki davlatning siyosiy tuzumi, xalqaro o‘rni va, eng muhimi, iqtisodi shu darajada turfaki, hayratdan yoqa ushlash hech gap emas.

Koreya yarimorolining tunda koinotdan ko‘rinishi.
Foto: «Livejournal.com»

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Koreya yarimorolining samodan olingan tungi suratlari keng tarqalgan edi. Elektr energiyasi sarflanib yoritilayotgan hududlar har xil ko‘rinadi. Qizig‘i, iqtisodi ancha rivojlangan Janubiy Koreya tomoni xuddi kunduzgidek charog‘on, yog‘dular bo‘yicha yuksak taraqqiyotga erishgan qo‘shnisi Yaponiya darajasida. Bombalari va o‘ziga xos demokratiyasi bilan ko‘ksiga mushtlovchi Shimoliy Koreya taraf esa qop-qora bo‘lib turibdi. Insof doirasida e’tirof etish kerak — faqat poytaxt Pxenyan joylashgan hududda ojiz shu’la ko‘rinadi.

Albatta, mamlakatimizni Shimoliy Koreya bilan solishtirish fikridan mutlaq yiroqman. Ammo shu suratlarni ko‘rib o‘ylab qoldim. Ishqilib shoshqaloq fazogirlar biz tomonlarni suratga olishmasin-da...

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring