Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

5 nafar o‘zbekistonlikning o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchiga nisbatan jinoiy ish ochildi

5 nafar o‘zbekistonlikning o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchiga nisbatan jinoiy ish ochildi

Foto:«Saratovnews»

2018-yilning 17-noyabrida Saratov-Yershov-Ozinki avtoyo‘lida Qozog‘iston chegarasi yaqinida yo‘lovchi avtobusi yuk poyezdi bilan to‘qnashgan edi. YTH oqibatida besh kishi - ikki ayol va uch nafar erkak halok bo‘lgan, avtobus haydovchisi va uning yordamchisi jarohatlangan. Halok bo‘lganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgandi.

«Saratovnews»ning ma’lum qilishicha, yo‘l harakati qoidalarini buzib, yuk poyezdiga urilgan avtobus haydovchisiga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Hodisada ayblangan avtobus haydovchisi svetoforning taqiq belgisiga qaramay, temiryo‘lga chiqib ketgan va poyezd bilan to‘qnashib ketgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring