Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergeli tumaniga hokim tayinlandi

Sergeli tumaniga hokim tayinlandi

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Toshkent shahar Sergeli tumani hokimi Rahmonov Baxtiyor Sultonovich Olmazor tumani hokimi etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Toshkent shahar hokimligi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, Husanov Nozim Baxtiyorovich Sergeli tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Toshkent shahar hokimining Iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Nozim Xusanov 1976-yil Toshkent viloyati, Zangiota tumanida tug‘ilgan. Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti (1997) va Toshkent moliya instituti (2002) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi (2007) tamomlagan.

Xusanov Nozim Baxtiyorovich 2014-2016-yillarda «Mikrokreditbank» ochiq aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvi raisi, 2016-2017-yillarda esa Toshkent shahar hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring