«Shajara» platformasi ishga tushiriladi
Bugun, 15-iyul kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida «O‘zarxiv» agentligi tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Tadbirda arxiv sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va aholi uchun muhim bo‘lgan bir qator yangiliklar e’lon qilindi. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 352-son qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-avgustdan boshlab davlat organlari va tashkilotlarida arxiv ishiga oid barcha hujjatlar faqat elektron shaklda yuritiladi.

Yangi tartibga ko‘ra, arxiv hujjatlarini shakllantirish, hisobga olish, saqlash va davlat arxivlariga topshirish jarayonlari bosqichma-bosqich raqamli muhitga o‘tkaziladi.

Matbuot anjumanida yana bir muhim yangilik — «Shajara» axborot tizimi haqida ham batafsil ma’lumot berildi. Ushbu platforma orqali fuqarolar o‘z oila shajarasini shakllantirish, ajdodlariga oid arxiv ma’lumotlarini izlash hamda ushbu xizmatlardan elektron shaklda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tizim «FHDYoning yagona elektron arxivi», davlat va idoraviy arxivlar ma’lumotlari bilan integratsiya qilinadi. Shuningdek, Sud ekspertiza markazining DNK ma’lumotlari orqali etnik kelib chiqishni aniqlash xizmati imkoniyatlaridan ham foydalanish mumkin bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter