Shavkat Mirziyoyev Shahrisabzdagi bog‘cha mudirasiga avtomobil sovg‘a qilishni buyurdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shahrisabz shahridagi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident mazkur bog‘cha misolida Shahrisabz shahrida yana 25 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi barpo etish, bog‘cha mudirasi Shahnoza Xolmahmatovaga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobil sovg‘a qilish bo‘yicha topshiriq berdi.
— Bunday muassasalarni qurishdan asosiy maqsad farzandlarimizning maktabga tayyor bo‘lib chiqishini ta’minlashdir, — dedi davlat rahbari.
Shu yerda Qashqadaryo viloyatida xususiy sheriklik asosida hamda davlat tomonidan quriladigan maktabgacha ta’lim muassasalari dasturi taqdimoti ham o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun, «Vunderkind» nomli mazkur bog‘chada ingliz tili va kompyuter bilimlari chuqur o‘rgatiladi. Uch qavatli binoda kichkintoylarning intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy salohiyatini o‘stirish uchun barcha sharoit yaratilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter