Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev: «OAVda tanqid juda kam»

Shavkat Mirziyoyev: «OAVda tanqid juda kam»

Foto:«O‘zA»

«O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida 7-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi. Unda nutq so‘zlagan prezident Shavkat Mirziyoyev ommaviy axborot vositalari faoliyatiga ham to‘xtaldi.

Prezidentning fikricha, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, keyingi yildan «Jamoat fikri» portali ishga tushiriladi.

«Men ommaviy axborot vositalari faoliyatini muntazam kuzatib boraman. Lekin, afsuski, islohotlar mohiyati, qabul qilinayotgan qonun va qarorlar ijrosi bilan bog‘liq muammolar, aholi murojaatlari yuzasidan gazeta, tele va radiokanallarda tanqidiy maqola, ko‘rsatuv va eshittirishlar juda kam», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, prezident islohotlar jarayonida ommaviy axborot vositalari xalq manfaatlarining chinakam himoyachisiga aylanishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring