Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev «Soy bo‘yi» sayilgohiga bordi (foto)

Shavkat Mirziyoyev «Soy bo‘yi» sayilgohiga bordi (foto)

Foto: Prezidentning matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari 2018-yil 9-fevral kuni Olmazor tumanida bo‘lib, kanallar bo‘yini obodonlashtirish, aholining dam olishi uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi. Bugun bu yerda ko‘rkam madaniyat va ma’rifat maskani bunyod bo‘ldi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

«Damashi» kanalining 2,5 kilometr qismi qirg‘oqlari betonlashtirilib, «Soy bo‘yi» sayilgohi barpo etildi. Mamlakatimiz va jahondagi mashhur obidalar maketlari o‘rnatildi. Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan kafe va restoranlar, kovorking markazi, fitnes klubi va boshqa ob’yektlar tashkil qilindi.

Prezidentimiz kovorking markazi va undagi tikuvchilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Abdulla Qodiriy va Cho‘lpon nomidagi kutubxonalar, Nuroniylar maskani ham avvalgi tashrifning amaliy natijalaridir.

Kutubxona boy kitob fondi va axborot texnologiyalari bilan ta’minlangan. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan elektron tarzda bog‘langan.

Nuroniylar maskanida faxriylar o‘z vaqtini mazmunli o‘tkazishi, salomatligini mustahkamlashi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Davlatimiz rahbari mazkur kutubxonalar va Nuroniylar maskanini ko‘zdan kechirdi. Mahalliy aholi vakillari, nuroniylar bilan suhbatlashdi.

Shu yerda mahallalarda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash tizimi haqida ma’lumot berildi. Prezidentimiz bu tizimni Toshkent shahrining barcha tumanlarida joriy qilish, jinoyatchilikning oldini olishda ilm va tahlil asosida ishlash zarurligini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring