Shifokorlar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlandi. Loyihaga ko‘ra kodeksni yangi 591-modda bilan to‘ldirish taklifi bildirilmoqda:
Hayot uchun xavf tug‘diruvchi holatlarda yoki sog‘ligiga tahdid soluvchi vaziyatda tibbiyot muassasalaridan tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan shaxslarga shoshilinch va tez tibbiy yordam ko‘rsatilishi asossiz rad etilishi — mansabdor shaxslarga eng kam oylik ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mazkur qonun loyihasi muhokamalarida har bir fuqaro ishtirok etishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter