Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shuhrat Jo‘rayev: «Yangi qonun loyihasi rus tilida xalq muhokamasiga qo‘yilgan, qabul qilingandan keyin o‘zbek tiliga tarjima qilingan»

Shuhrat Jo‘rayev: «Yangi qonun loyihasi rus tilida xalq muhokamasiga qo‘yilgan, qabul qilingandan keyin o‘zbek tiliga tarjima qilingan»

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi Ilhom Abdullayev, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi boshqarma boshlig‘i Shuhrat Jo‘rayev va boshqa mutasaddilar ishtirokida intervyu va OAV vakillari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Unda 2019-yil 10-mayda imzolangan «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi Qonunning ahamiyati, ko‘zda tutilgan asosiy maqsadlari haqida ma’lumot berildi.

«Daryo.uz» muxbiri «Regulation.uz» saytida «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonun loyihasining rus tilidagi varianti qo‘yilgani haqida gapirib, nega hujjatning o‘zbek tilidagi varianti jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmaganini so‘radi.

«Aksariyat mutaxassislarimiz rus tilida hujjat tayyorlashga ko‘nikishgan, – dedi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi boshqarma boshlig‘i Shuhrat Jo‘rayev. – To‘g‘ri, yangi qonun loyihasi rus tilida xalq muhokamasiga qo‘yilgan. Bu biz tomonimizdan yo‘l qo‘yilgan xato, kamchilik, tan olamiz. Lekin qabul qilingandan keyin o‘zbek tiliga tarjima qildik».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring