Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda IIB xodimlari «beg‘araz donorlik aksiyasi»da qatnashdi

Sirdaryoda IIB xodimlari «beg‘araz donorlik aksiyasi»da qatnashdi

Foto: Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining tashabbusi hamda «Yoshlar oyligi»ni o‘tkazish va «Yoshlar kuni»ni keng nishonlash bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, «Xalqaro donorlar kuni»  munosabati bilan Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan «Yaxshilik albatta qaytadi»  shiori ostida, «beg‘araz donorlik aksiyasi»  o‘tkazildi.

Foto: Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati

Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi. 

Joriy yilning 12-iyun kuni Sirdaryo viloyati qon quyish stansiyasida o‘tkazilgan aksiyada Viloyat Ichki ishlar organlarining jonkuyar va fidoiy xodimlari faol ishtirok etib, ixtiyoriy ravishda beg‘araz donorlik ishlarini amalga oshirishdi.

Foto: Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring