Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda pichoqlangan gaz xodimi voqeasi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Sirdaryoda pichoqlangan gaz xodimi voqeasi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: Foto: @Sirdaryo

Ijtimoiy tarmoqlarda gaz idorasi xodimiga o‘tkir tig‘li jism bilan og‘ir tan jarohati yetkazilgan natijada voqea joyida vafot etganligi haqida xabar berilgandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati mazkur voqea yuzasidan bayonot berdi. 

Aniqlanishicha, 9-oktyabr kuni taxminan soat 18:00 larda «Sirdaryotumangaz» MChJda metrologiya bo‘limi boshlig‘i Sh.Q. Sirdaryo tumani, «Do‘stlik»  MFY, Bodomzor ko‘chasida yashovchi fuqaro K.F.ning yashash xonadoniga gaz iste’moli uchun qarzdorlikni undirish maqsadida kelgan.

Shu jarayonda ular o‘rtasida vujudga kelgan o‘zaro janjal oqibatida dastlab gaz idorasi xodimi Sh.Q. pichoq bilan K.F.ning chap ko‘krak qafasiga bir marotaba urgan, so‘ngra K.F. pichoqni olib qo‘yib Sh.Q.ning turli joylariga bir necha marotaba urib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda Sh.Q. voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB tomonidan K.F.ga nisbatan JKning 104-moddasi 3-qismi «d»  bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov harakatlari Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring