Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirli Nefrit ko‘li manzaralari «Xabar.uz» nigohida (foto)

Sirli Nefrit ko‘li manzaralari «Xabar.uz» nigohida (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani ob-havosiyu, purviqor tog‘lari, ziloldek suvlari bilan mashhur. «Xabar.uz» muxbiri ana shu manzaralarni fotokameraga muhrlashga harakat qildi.

Tomosha qiling, zavqlaning, vaqt topsangiz, albatta, borib ko‘ring! Ayniqsa, Toshkent shahridan 160 km., Bo‘stonliq tumani markazidan 90-100 chaqirim olisda joylashgan Ugom-Chotqol milliy bog‘idagi xalq orasida Nefrit ko‘li bilan mashhur ko‘llar sizni sirli olamga chorlaydi.

Ushbu ko‘llar dengiz sathidan 1227 metr balandlikda joylashgan, bu noyob tabiiy suv havzalarini Urung‘och ko‘llari, deb atashadi ham. «Urung‘och» so‘zi uyg‘urchadan «yorqin nefrit», deya tarjima qilinarkan. Kichik Urung‘och ko‘lidagi suvning harorati 7-8 darajadan oshmaydi va unda hech qanday jonzot yashamaydi. Uzunligi uch yuz ellik metr, eni yetmish sakkiz metr, chuqurligi o‘n metr atrofida. Undan boshqa yana bir, Yuqori Urung‘och ko‘li ham bor. Ikki ko‘l bir-biridan kattaligi, o‘lchami bilan farq qiladi. Yuqori Urung‘och ko‘li hech qachon qurib qolmaydi. Uning suvi feruza tusda va juda muzday.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring