Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sog‘liqni saqlash vazirligida yangi lavozimlar joriy etildi

Sog‘liqni saqlash vazirligida yangi lavozimlar joriy etildi

13-fevral kuni chiqarilgan prezident qaroriga ko‘ra  Sog‘liqni saqlash vazirligi lavozimlari ro‘yxatiga «O‘zbekiston Bosh psixiatri» va «O‘zbekiston Bosh suitsidologi» lavozimlari kiritildi. Qaror matni «O‘zA»da keltirilgan. 

Qarorda ruhiy holati buzilgan shaxslar ularga psixiatriya yordami ko‘rsatilishi vaqtida davlat tizimi doirasida bepul yuridik yordam olish huquqiga egaligi belgilangan.

Shuningdek, 2019-2025-yillarda O‘zbekiston aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlanadigan bo‘ldi.

Shu kuni imzolangan yana bir qarorga ko‘ra, endi 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab «Ftiziatriya» va «Pulmonologiya» mutaxassisligi bo‘yicha magistratura va klinik ordinaturada kadrlarni tayyorlash faqat davlat grantlari asosida amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, immunodiagnostikani o‘tkazish maqsadida 2019-yil 1-aprelga qadar sil kasalligini yuqtirib olish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslarning asoslangan kontingenti aniqlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring