Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sog‘lom ayol oyligi» doirasida 8 milliondan ziyod ayollar tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

«Sog‘lom ayol oyligi» doirasida 8 milliondan ziyod ayollar tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan mamlakatimizda 20 sentyabrdan 20 oktyabrgacha “Sog‘lom ayol oyligi” o‘tkaziladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qishloq vrachlik punktlari, qishloq oilaviy poliklinikalari va shahar oilaviy poliklinikalari, tuman va shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida tibbiy ko‘rikda zarur bo‘ladigan barcha asbob-anjomlar tayyorlab qo‘yilgan. Tibbiy ko‘rikni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida tuman va shahar tibbiyot birlashmalari, viloyat shifoxonalari, respublika ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, tibbiyot oliy o‘quv yurtlaridan 110 ming nafardan ko‘proq olimlar, malakali shifokorlar hamda patronaj hamshiralar jalb etiladi. Oylik doirasida sakkiz million nafar fertil yoshdagi ayollar va o‘smir qizlar qamrab olinishi rejalashtirilgan. Maktab, kollej va litseylarda ham tibbiy ko‘rik va sog‘lomlashtirish aksiyalari tashkil etiladi. Ayollar o‘rtasida reproduktiv salomatlikni asrash, istalmagan homiladorlikning oldini olish, bexatar onalik, o‘smir qizlar o‘rtasida uchraydigan tibbiy muammolarning oldini olish borasida muloqot va suhbatlar uyushtiriladi.

Tibbiy ko‘riklar jarayonida aniqlangan kasalliklar ambulator va statsionar sharoitda davolanadi. Ixtisoslashgan tibbiy yordamga muhtojlarni respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va ularning viloyat filiallarida sog‘lomlashtirish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring