Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda 254 million so‘mlik noqonuniy sotilayotgan alkogol va tamaki mahsulotlari aniqlandi

Toshkentda 254 million so‘mlik noqonuniy sotilayotgan alkogol va tamaki mahsulotlari aniqlandi

Foto:«Nuz.uz»

Joriy yilning yanvar oyida Toshkentda o‘tkazilgan tekshiruvlarda jami 254 million 300 ming so‘mlik aksiz markasi mavjud bo‘lmagan alkogol va tamaki mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi aniqlanib, qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Bu haqda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi, Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar berdi. 

Jumladan, poytaxtning Yashnobod tumanida joylashgan savdo do‘konida o‘tkazilgan profilaktik tadbir jarayonida aksiz markasi mavjud bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan jami 11 turdagi 2 million 99 ming so‘mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yilgan.

Xuddi shuningdek, Yakkasaroy tumanida xorijda ishlab chiqarilgan 97 turdagi, umumiy qiymati 124 million 624 ming so‘mlik aksiz markasiz alkogol va 19 turdagi 5 million 526 ming so‘mlik tamaki mahsulotlari noqonuniy ravishda savdoga qo‘yilganligi ma’lum bo‘lgan.

Toshkent shahar davlat soliq xizmati bu kabi profilaktik tadbirlar davom ettirilishini bildirgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring