Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari va viloyat prokurori o‘zgardi

Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari va viloyat prokurori o‘zgardi

Surxondaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ulug‘bek Oxunov va viloyat prokurori O‘ktam Saidov boshqa ishga o‘tgani sababli egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda «Turon24» xabar berdi.

8 noyabr kuni Termiz shahridagi viloyat hokimligi binosida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov, O‘zbekiston prezidenti Adminstratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda viloyat hokimi o‘rinbosari va viloyat prokurori lavozimidan ozod etilgan.

Viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan Rahmatulla Gapparov, Surxondaryo viloyati prokurori lavozimiga esa Denov tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan Ulug‘bek Qosimov tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring