Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bojxona xodimiga pora berayotgan fuqaro javobgarlikka tortildi

Bojxona xodimiga pora berayotgan fuqaro javobgarlikka tortildi

Fuqaro J.F. respublikamizga xorijiy avtotransport vositasi hisoblangan «Lasetti» avtomashinasini olib kirar ekan, bu jarayonda mamlakatimiz hududidan qayta olib chiqib ketish majburiyatini zimmasiga olgandi. Lekin avtomashinani ehtiyot qismlarga bo‘laklagan holda 1700 AQSh dollariga sotib yuboradi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Bundan bir necha yillar muqaddam yonib ketgan boshqa bir «Lasetti» kuzovini ko‘rsatgan holda davlat bojxona xizmati organlari xodimlarini ushbu avtomashinaning go‘yoki yong‘in oqibatida butunlay yonib ketganiga ishontirishga urinadi.

Tekshirishda uning sodir etgan huquqbuzarligi fosh bo‘lgach, ishni «bosdi-bosdi» qilish uchun bojxona xodimiga 400 AQSh dollari pora taklif qiladi.

Fuqaro bojxona xodimiga taklif qilingan poraning 300 AQSh dollarini berayotgan vaqtida Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi tezkor xodimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda  ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring