Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda sel bosgan xonadonlar talofati o‘rganildi

Surxondaryoda sel bosgan xonadonlar talofati o‘rganildi

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Sh.X.Satvoldiyev Qumqo‘rg‘on tumani «Navro‘z» mahallasida istiqomat qiluvchi aholi bilan uchrashib, ularning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Mahallada istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalar, Diniy ekstremistik oqimi yo‘liga bilib-bilmay kirib qolgan hozirgi kunda jazo muddatini o‘tayotgan fuqarolarning oila a’zolari bilan uchrashib ularning muammolari o‘rganildi.



Shuningdek, joriy yilning aprel oyi boshlarida kuchli yog‘ingarchiliklar sababli aholining yashash uylari yordamchi xo‘jaliklari, ekin maydonlarini sel bosgan xonadonlarida ham bo‘lib, xonadonlarga yetkazilgan talofatlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha tegishli tadbirlar belgilab olindi. Viloyat IIB boshlig‘i tashrif buyurgan har bir xonadonga ro‘zg‘or uchun kerakli oziq ovqat mahsulotlari topshirildi.



«Navro‘z» mahallasida istiqomat qiluvchi 7 farzandning otasi E.Mustafoyev boshqarma boshlig‘ining tashrifidan xursand bo‘lib o‘z minnatdorligini bildirdi. O‘tgan 2018 yilda tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik O‘.Shukurov tashabbusi bilan yangi uch xonali uy qurib berilgan bo‘lsa, bu yil tomorqasiga boshqarma boshlig‘i turli xildagi mevali daraxt ko‘chatlari tortiq qilishidan xursandchiligini yashiraolmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring