Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Svetlana Ortiqova: «Dunyoda qiynoqlar bo‘lmagan davlatning o‘zi yo‘q...»

Svetlana Ortiqova: «Dunyoda qiynoqlar bo‘lmagan davlatning o‘zi yo‘q...»

Foto: Xabar.uz

Bugun Yoshlar ijod saroyida tashkil etilgan Xalqaro media-xolda «Qonun ustuvorligini, inson huquqlari va manfaatlarini ta’minlash – mamlakat tarroqiyoti va xalq farovonligi garovidir» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida ishtirok etgan Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova mamlakatda sud-huquq tizimida uchrab turgan qiynoqlar haqida fikr bildirdi:

«Dunyodagi qiynoqlar umuman yo‘q davlatni ko‘rsating, o‘sha davlatni o‘rganib, o‘zimizda joriy etamiz. Afsuski, bunday mamlakat yo‘q. Agar qiynoqlar bo‘lmaganda edi, BMT katta rezolyusiyalar chiqarmagan bo‘lardi. O‘zbekistonda ham inson huquqlarining buzilishi uchraydi. Ammo biz yaxshilashga harakat qilyapmiz».

«Nega er xotinini urishi kerak, nega ota-ona farzandining erkinligini cheklashi kerak, nega o‘zbekistonlik, o‘zbekistonlikni qiynashi kerak? Qaytaraman, hech kimning kimnidir qiynashga haqqi yo‘q. Kimki, bunga yo‘l qo‘ysa, javobgarlikka tortiladi», - deydi Ortiqova.

Media-xolda davra suhbatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring