Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkordan 100 ming dollar talab qilgan shaxslar ushlandi

Tadbirkordan 100 ming dollar talab qilgan shaxslar ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

Zangiota tumanida firibgarlik yo‘li bilan tadbirkordan pul olgan shaxslar ushlandilar.
 
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda 3 nafar fuqaro o‘zaro til biriktirib, «S.C.» MChJ rahbari M.N.ga 100 000 AQSh dollari evaziga go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali IIVga qarashli 4 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 60 mlrd so‘mlik rekonstruksiya va qurilish ishlarini olib berishlarini aytib, shundan 20 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
 
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avval Samarqand viloyatida 1,1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani fosh bo‘lgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring