Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tailandda oyog‘i singan o‘zbekistonlik Toshkentga olib kelindi

Tailandda oyog‘i singan o‘zbekistonlik Toshkentga olib kelindi

Foto: FVV

2018-yil 23-yanvar kuni soat 13:20 da FVV Markaziy apparatida favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tashkil etilgan tezkor shtabning 147-10-50 telefon raqamiga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Temur Shokirov qo‘ng‘iroq qilib, yordam so‘ragan.

FVV axborot xizmatining xabariga ko‘ra, joriy yilning 16-yanvar kuni Tailand Qirolligi Pattaya shahriga 3 nafar do‘sti bilan dam olishga kelgan Qudrat To‘xtanazarov skuterni boshqarayotgan vaqtda ehtiyotsizlik sababli yiqilib, tan jarohati olgan.

Vazirlik FVBM tezkor navbatchisi zudlik bilan mazkur ma’lumotni Tashqi ishlar vazirligiga yetkazib, so‘ngra Tashqi ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK tomonidan hamkorlikda mazkur fuqaroni sog‘-omon olib kelish bo‘yicha choralar ko‘rildi va fuqaro Q.To‘xtanazarov 3 nafar o‘rtog‘i bilan 2018-yil 25-yanvar kuni soat 03:30da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga olib kelindi.

Jabrlangan fuqaro Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda kutib olinib, maxsus texnika yordamida soat 05:25da Respublika travmatologiya institutiga joylashtirildi. Unga «chap boldir to‘pig‘ining yopiq sinishi, qoniqarli turish, qo‘l, oyoq va tanasida ko‘p shilingan jarohat» tashxisi qo‘yildi. Hozirda ahvoli qoniqarli.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring