Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tanlovimiz natijalari: birinchi yo‘nalish bo‘yicha g‘olib aniqlandi

Tanlovimiz natijalari: birinchi yo‘nalish bo‘yicha g‘olib aniqlandi

Foto: «Xabar.uz»

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda «UZMOBILE» milliy aloqa operatori bilan hamkorlikda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tanlov e’lon qilgani haqida xabar bergan edik.

«Facebook» ijtimoiy tarmog‘i orqali mazkur tanlovga juda katta qiziqish bo‘ldi. Foydalanuvchilar tomonidan tanlovga oid post 500 dan ortiq layk yig‘di, 500 dan ortiq izoh qoldirildi, 500 martaga yaqin ulashildi. «Facebook» foydalanuvchilari Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab bir-biriga o‘xshamagan, o‘ziga xos tabriklar va tilaklar bildirishdi.

Lekin tanlovimiz qoidalariga ko‘ra, g‘olib tasodifiy tanlash yo‘li bilan aniqlandi. Andijon davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti 4-bosqich talabasi Xurshida A’zamjonova tanlovimizning 1-yo‘nalishi g‘olibi bo‘ldi. G‘olib homiylarimiz tomonidan taqdim etilgan noutbuk bilan taqdirlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring