Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanzila Norboyevaga yana bir vazifa yuklandi

Tanzila Norboyevaga yana bir vazifa yuklandi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekistonda Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tashkil etilgani haqida xabar berilgan edi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur kengashga Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva rais bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta’minlash, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish;
  • O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish;
  • davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatning o‘rniga ta’siri nuqtai nazaridan kompleks baholab borish.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring