Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Temurbeklar maktabi»ning 1-bosqich o‘quvchilari qasamyod qilishdi

«Temurbeklar maktabi»ning 1-bosqich o‘quvchilari qasamyod qilishdi

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy telekommunikatsiya yo‘nalishidagi Toshkent akademik litseyi «Temurbeklar maktabi» 1-bosqich o‘quvchilarining o‘quvchilik qasamyodini qabul qilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Marosimning yuqori saviyada o‘tishi o‘tishi uchun qasamyod qabul qilib bo‘lingach, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Faxriy qorovulining ko‘rgazmali chiqishi, «Temurbeklar maktabi» o‘quvchilarining qo‘l jangi bo‘yicha mahoratlari namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Milliy gvardiya Markaziy apparati mas’ul ofitserlari, Milliy gvardiya «Temurbeklar maktabi»ning shaxsiy tarkibi, o‘quvchilarning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring