Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tibbiyot va qimmatbaho toshlar bilan faoliyat olib borish uchun ruxsatnoma olishning yangi tartibi joriy etildi

Tibbiyot va qimmatbaho toshlar bilan faoliyat olib borish uchun ruxsatnoma olishning yangi tartibi joriy etildi

Endilikda tibbiy va farmatsevtika faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyalar hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlash uchun ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini tezlashtirilgan tartibda olishga Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza berish imkoniyati yaratildi. Bu haqda agentlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi. 

Tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya olish haqidagi arizalar umumiy tartibda yigirma kun ichida ko‘rib chiqilishi belgilangan. Tezlashtirilgan tartib bo‘yicha muddat qisqartirilib, besh ish kunidan oshmaydigan muddatda ko‘rib chiqilishi belgilandi.

Arizani umumiy tartibda ko‘rib chiqish uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida, tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida qo‘shimcha to‘lov undiriladi.

Farmatsevtika faoliyatibilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya olish uchun berilgan arizalar umumiy tartibda o‘n besh kun ichida ko‘rib chiqilsa, tezlashtirilgan tartib bo‘yicha muddat qisqartirilib, besh ish kunidan oshmaydigan muddatda ko‘rib chiqiladi.

Arizani umumiy tartibda ko‘rib chiqish uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida, tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida qo‘shimcha to‘lov undiriladi.

Tezlashtirilgan tartib bo‘yicha litsenziya olish haqidagi ariza o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmagan taqdirda, qo‘shimcha to‘lov summasi litsenziya talabgoriga qaytarib beriladi.

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlash uchun ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini berish haqidagi arizalar umumiy tartibda yetti ish kuni ichida ko‘rib chiqilsa, tezlashtirilgan tartib bo‘yicha ikkiish kunidan oshmaydigan muddatda ko‘rib chiqiladi.

Arizani umumiy tartibda ko‘rib chiqish uchun eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida, tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida qo‘shimcha to‘lov undiriladi.

Tezlashtirilgan tartib bo‘yicha guvohnoma berish haqidagi ariza o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmagan taqdirda, qo‘shimcha to‘lov summasi ariza beruvchiga qaytarib beriladi.

Ushbu litsenziyalar va guvohnomani olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etilganda, ushbu yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Bu esa aholini ortiqcha sansalorliklar, vaqt va mablag‘lari tejalishi, elektron xizmatlardan foydalanish ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring