Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

TIV Tulada o‘ldirilgan o‘zbekistonlik ayolni vatanga olib kelishda ko‘maklashadi

TIV Tulada o‘ldirilgan o‘zbekistonlik ayolni vatanga olib kelishda ko‘maklashadi

Skrinshot

Kecha Rossiyaning Tula viloyati Uzlovaya shahridagi supermarketda ishlovchi o‘zbekistonlik ayol vahshiylarcha pichoqlab o‘ldirilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi ushbu holat yuzasidan bayonot berdi.

«2019-yilning 30-aprel kuni bir qator OAVda Tula viloyatining Uzlovaya shahrida (Rossiya) O‘zbekiston fuqarosining o‘ldirilganligi to‘g‘risida axborot tarqaldi. Mamlakatimizning Moskva shahridagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi tomonidan olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismida (odam o‘ldirish) ko‘zda tutilgan jinoyat alomatlari bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. Mazkur qotillikni amalga oshirganlikda gumonlanayotgan 34 yoshli erkak qo‘lga olingan.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi hamda Elchixona Konsullik bo‘limi ushbu mudhish hodisani marhumaning jasadini Surxondaryo viloyatiga olib kelishda ko‘maklashish maqsadida nazoratda ushlab turganini ma’lum qiladi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring