Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari — Tergov boshqarmasining yangi boshlig‘i lavozimga polkovnik Alimov Zafar Qodirjonovich tayinlandi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Alimov 1976-yilda Toshkent viloyatining Toshkent tumanida tug‘ilgan. 1994—1998-yillarda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akedemiyasida tahsil olgan. Ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 1998-yilda Toshkent viloyati IIBBning Qibray tumani bo‘limida tergov bo‘limida tergovchi sifatida boshlagan. 2001—2010-yillarda Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasida katta tergovchi sifatida ishlagan.

U 2010—2013-yillarda Toshkent IIBB Tergov boshqarmasida boshliq o‘rinbosari, keyin bo‘lim boshlig‘i, 2015-yildan 2015-yilga qadar Yakkasaroy tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib, 2015 yildan buyonesa  Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring