Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent viloyatida 26 mahkum muddatidan oldin ozodlikka chiqdi

Toshkent viloyatida 26 mahkum muddatidan oldin ozodlikka chiqdi

Toshkent viloyati IIBB

Toshkent viloyatining Bo‘ka, Bo‘stonliq, Yangiyo‘l, Yuqori Chirchiq, Toshkent, tumanlari va Bekobod shahrida tashkil etilgan sayyor sud jarayonlarida mehnatga halol munosabatda bo‘lib kelayotgan jami 26 mahkum muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.

Ular viloyatning 6 ta shahar-tumanida Probatsiya guruhlari hisobida turgan, nazoratdagi shaxslar bilan olib borilayotgan profilaktik ishlar ahvoli yuzasidan keng jamoatchilik ishtirokidagi sayyor sud majlislarida ozodlikka chiqqan.

Shuningdek, sud belgilagan cheklovlarga qasddan rioya etmagan, axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tashdan bo‘yin tovlab yurgan 6 nafar mahkumga nisbatan belgilangan “axloq tuzatish ishlari” jazosi “ozodlikdan mahrum qilish” jazosiga almashtirilib, jazoni o‘tash joylariga qaytarildi.

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Probatsiya bo‘limi bu bo‘yicha bir qator ishlarni amalga oshirgan. Xususan:

  • Belgilangan jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlab qochib yurgan 3 nafar mahkumga nisbatan qidiruv e’lon qilindi.
  • Bekobod shahrida, muddatidan avval ozod etilgan 4 nafar, jazoni o‘tash muassasasiga qaytarilgan 1 nafar, qidiruv e’lon qilingan mahkumlar 2 nafar.
  • Bo‘stonliq tumanida, muddatidan avval ozod etilgan 13 nafar, jazoni o‘tash muassasasiga qaytarilgan 1 nafar, qidiruv e’lon qilingan 1 nafar.
  • Toshkent tumanida, jazoni o‘tash muassasasiga qaytarilgan 1 nafar,
  • Yangiyo‘l tumanida, muddatidan avval ozod etilgan 5 nafar, jazoni o‘tash muassasasiga qaytarilgan 1 nafar.
  • Bo‘ka tumanida, muddatidan avval ozod etilgan 4 nafar, jazoni o‘tash muassasasiga qaytarilgan 1 nafar.
  • Yuqori Chirchiq tumanida, jazoni o‘tash muassasasiga qaytarilgan mahkumlar 1 nafarni tashkil etadi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring