Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda bedarak yo‘qolgan qiz yengiltak ayollar orasidan topildi

Toshkentda bedarak yo‘qolgan qiz yengiltak ayollar orasidan topildi

Illyustrativ foto

Joriy yilning 3-yanvar kuni Mirzo Ulug‘bek tumani IIBga 29 yoshli Salohiddin B. murojaat qilgan. U o‘z murojaatida 21 yoshli singlisi Holisa B. uydan chiqib, bedarak yo‘qolganini ma’lum qilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

IIBB xodimlari 6-yanvar kuni kechasi o‘tkazgan profilaktik tadbir davomida 13 nafar yengiltak turmush tarziga berilgan ayollar qo‘lga olingan va shaxsini aniqlashtirish jarayonida qarindoshlari tomonidan qidirilayotgan Xolisa B. ham ularning orasida ekani ma’lum bo‘lgan. Qizning joyi haqida qarindoshlariga xabar berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring