Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda «Disneylend» qurilishi mumkin

Toshkentda «Disneylend» qurilishi mumkin

Foto: «Turist.ee»

Germaniyaning «RIMC HOTELS AND RESORTS» kompaniyasi poytaxtimizda «Disneylend» qurish taklifini bildirdi. Uchrashuvda Toshkent shahar hokimi Jahongir Artikxo‘jayev hamda nemis kompaniyasi rahbari Gert Prantner ishtirok etdi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Unda Toshkent shahrida turizmni rivojlantirish va kompaniya bilan hamkorlik o‘rnatish xususida so‘z yuritildi. Hamkor kompaniya rahbari poytaxtda zamonaviy mehmonxonalar, savdo-sotiq hamda «Disneylend» kabi ko‘ngilochar markazlarni qurilishiga qiziqish bildirayotgani haqida ta’kidlab o‘tdi.

Yig‘ilishda kompaniya va hokimlik o‘rtasida hamkorlik Memorandumini imzolash taklifi ham kiritildi. Shuningdek, loyihalarni amalga oshirish uchun istiqbolli takliflar ishlab chiqildi.

Ma’lumot uchun: 30 yillik tarixga ega ushbu kompaniya dunyo miqiyosida yetakchi xalqaro mehmonxonalar operatori hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring