Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda isitish tizimi odatdagidan bir oy oldin yoqiladi

Toshkentda isitish tizimi odatdagidan bir oy oldin yoqiladi

Foto: protoday.uz

Toshkent shahar hokimining tegishli qaroriga muvofiq, 2018/2019 yilgi isitish mavsumini samarali tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi. Unga ko‘ra, 2018-yil 16-oktyabrdan ijtimoiy soha ob’yektlarida, 2018-yil 19-oktyabrdan sinov tariqasida turar joy binolarida muntazam isitish boshlanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Fuqarolardan o‘z xonadonlarida issiqlik ta’minoti tizimining barqaror ishlashi uchun yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilishini so‘ralgan.

Qayd etish kerakki, o‘tgan mavsumda isitish tizimi ijtimoiy soha ob’yektlarida 2017-yil 10-noyabrdan, turar-joy binolarida 2017-yil 12-noyabrdan boshlangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring