Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda issiq suv quvurlari chidamliligi ommaviy tekshiriladi

Toshkentda issiq suv quvurlari chidamliligi ommaviy tekshiriladi

Foto:«Toshissiquvvati»

Toshkentda 2019-2020-yillarda isitish mavsumiga tayyorgarlik munosabati bilan 18-apreldan 26-aprelgacha ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti to‘xtatilmagan holda issiqlik tarmoqlarining mexanik chidamliligi va pishiqligi yuqori bosimda sinovdan o‘tkaziladi. Bu haqda shahar hokimligi axborotida aytilmoqda. 

«Sinov davrida issiqlik tarmoqlari quvurlarida shikastlanishlar kuzatilishi mumkin. Yo‘llarning qatnov qismiga va piyodalar yo‘laklariga issiq suv sachrashi mumkin. Shu bois haydovchi va piyodalar, ma’muriy va turar joy binolaridagi fuqarolarning ehtiyotkor va e’tiborli bo‘lishlari talab etiladi» deyiladi xabarda.

Sinov o‘tkaziluvchi issiqlik manbalari kuni va ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin. 

Oldinroq, Toshkentning ayrim hududlarida suv ta’minoti to‘xtatilishi xususida xabar berilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring